tg-me.com/Conordevs_Blogs/318
Last Update:
Sun'iy intellekt ishlashi uchun unga kuch kerak. Juda ko'p kuch. Va bu kuch — elektr energiyasi.
Prognozlarga ko'ra, 2030-yilga kelib AQSH faqat AI ehtiyoji uchun yana 100 Gigavatt quvvatga muhtoj bo'ladi. Bu deyarli 100 ta yirik elektr stansiya qurish kerak degani.
Hozirda ba'zi kompaniyalar hattoki 10-gigavattlik server fermalari haqida o'ylamoqda: bu bir nechta atom elektr stansiyasining umumiy quvvatiga teng.
🌊 Yaxshi, elektr yetmayapti deylik. Lekin bu yetarli emas-da. AI hali suvni ham so'rib olyapti. Ha, suv! Asosan serverlarni sovitish uchun. Dunyodagi ma'lumot markazlari yiliga 1.2 trillion litr suv ishlatadi deyishmoqda va bu suvlarning 80% sovitish jarayonida bug' bo'lib havoga uchib ketadi.
Bu bosim elektr tarmoqlariga, atrof-muhitga, va ekologiyaga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Ayniqsa, qurg'oqchilikdan aziyat chekayotgan hududlarda bu holat juda jiddiy.
Endi savol: Qayerdan quvvat olamiz unda?
🌞 Quyosh? Google va Meta Texasda quyosh fermalarini ishga solmoqda. Zo'r… faqat quyosh chiqqan kunlar uchungina
🔋 Batareyalar? xAI kompaniyasi Tesla batareyalari bilan 24/7 ishlaydigan tizim yaratmoqda. Ammo litiyni qazish bo'yicha yana bir global muammo tug'iladi.
☢️ Atomchi? Eng real variant — atom energiyasi. Amazon, Meta, Microsoft innovatsion atom reaktorlar startaplari uchun sarmoya qilmoqda. Lekin... "Agar nimadir portlasa-chi?" degan savol ham ko'ngilni g'ash qiladi. Chernobil 2.0 kerak emas, to'g'rimi?
@kilich_bek_blog